Muxlislar yana Ronalduni tanlashdi

  • 26.03.2022 18:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" o‘zining rasmiy sayti orqali jamoaning yakuniga etayotgan mart oyidagi eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hammadan ko‘p ovoz to‘pladi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, 37 yoshli futbolchi mart oyida MYu safadi faqatgina 2 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ronaldu "Tottenxem"ga (3:2) qarshi bahsda xet-trik muallifiga aylandi.

Shu tariqa Ronaldu ushbu sovrinni joriy mavsumda uchinchi marta qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!