
MYu 100 million evroga hujumchi sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" kelasi yozda hujumchi sotib oladi.
"Manchester Evening News" nashrining xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" "Napoli" futbolchisi Viktor Osimxenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ushbu transfer jamoaning asosiy maqsadi bo‘lib turibdi. Manchesterliklar u uchun 100 million evro to‘lashga tayyor.
Nigeriyalik forvard klubini o‘zgartirishga tayyor, biroq neapolliklar rahbariyati bilan kelishish qiyin bo‘lishi kutilmoqda. Viktorning jamoasi bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar