MYu 94 million evroga hujumchi xarid qiladi

  • 23 avgust, 2022, 11:55
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" "Ayaks" hujuchisi Antoni uchun yangi taklif tayyorlamoqda.

"O Globo" nashrining xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" forvard uchun 94 million evro berishga tayyor. Klub futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Avvalroq, "Ayaks" MYuning 80 million evrolik taklifini rad etgandi. Amsterdamliklar uning sotuvidan 100 mln evrodan ko‘proq ishlab olmoqchi. 

Ma’lumot uchun, Antoni mushaklardagi og‘riq sababli "Ayaks"ning so‘nggi mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti. O‘z navbatida bu klub rahbariyatining jahlini chiqargan. 22 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum Niderlandiya chempionatida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 4 golga assistentlik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!