
MYu afsonasi: "De Yong "Barselona"ni sudga berishi kerak"
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gari Nevill "Barselona" yarim himoyachisi Frenki De Yong maoshi kamaytirilgani uchun kataloniyaliklarni sudga berishi kerak, deb hisoblaydi.
"De Yong "Barselona"ni sudga berishni o‘ylab ko‘rishi va barcha futbolchilar uni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Klub o‘zini axloqsiz tutmoqda. Yangi o‘yinchilarni qo‘lga kiritish uchun o‘z tarkibidagilarning maoshini qisqartirish to‘g‘ri emas", - dedi Nevill.
Ma’lumot uchun, "ko‘k-anorranglilar" Frenkining maoshi yuqoriligi uchun uni MYuga sotishni istayotgandi. 25 yoshli yarim himoyachi "qizil iblislar" safiga o‘tish niyatida emas va qolish uchun maoshining kamayishiga ham rozi.
Fikrlar