
MYu “Barsa”dan qimmatbaho yulduzni tekinga berishni so‘rayapti
“Manchester Yunayted” mutasaddilari “Barselona”ga bosh og‘riq bo‘layotgan Usmon Dembelega ish berishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Biroq manchesterliklar kataloniyaliklarga bir paytlar 135 million evroga tushgan yulduzni tekinga olmoqchi bo‘lyapti.
Dembelening “Barsa” bilan shartnomasi yozda yakunlanadi va u yangi bitim tuzmaydi. MYu xo‘jayinlari “Barselona” yarim yil uchun pul olmasdan Dembeleni qo‘yib yuborishiga erishmoqchi.
Buning uchun “Barselona” futbolchiga “La carta de libertad”, degan maxsus hujjat taqdim qilishi kerak. Mana shu hujjat o‘yinchiga muddatidan oldin klubni tark etish huquqini beradi. Qolaversa, bu shartnomani muddatidan oldin bekor qilish hisoblanmaydi va kataloniyaliklar Usmonning ketishi uchun kompensatsiya to‘lashdan ozod bo‘ladi.
31 yanvargacha Usmon Dembeleni sotib yuborishga qaror qilgan “Barselona” hozircha bu taklifga munosabat bildirmadi.
Fikrlar