MYu "Barselona" yarim himoyachisiga 70 milliondan ziyod summa taklif qilmoqda

  • 2 avgust, 23:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesni o‘z safida ko‘rishni istamoqda. "Diario Sport" nashrining xabar berishicha, angliyaliklar futbolchini sotib olish niyatini bildirishgan va 70 million evrodan ortiq taklif tayyorlashga tayyorlik bildirishgan.

Tecno

Hozircha rasmiy muzokaralar boshlanmagan, biroq barcha tomonlar vaziyatdan xabardor va yaqin haftalarda jarayonda faol harakatlar kutilmoqda.

Kataloniya klubida esa Lopesning kelajagi bo‘yicha bir to‘xtamga kelinmagan — ba’zi rahbarlar uni saqlab qolish tarafdori bo‘lsa, boshqalar yirik takliflarni ko‘rib chiqishni ma’qul ko‘rishmoqda. 70 million evro mana shunday "katta" takliflar toifasiga kiradi.

Ferminga bu yoz boshida "Arsenal", "Chelsi" va Saudiya Arabistoni klublaridan ham qiziqish bo‘lgan. Biroq, o‘shanda futbolchi "Barselona"da qolishni xohlagandi. Endi esa MYu uni bu fikridan qaytarishga umid qilmoqda.

O‘tgan mavsumda Lopes La Liganing 28 uchrashuvida maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!