MYu "Barselona"ning sobiq futbolchisini 60 million evroga xarid qilmoqchi

  • 30 sentabr, 2024, 21:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" rahbariyati transfer bozorini o‘rganmoqda va jamoa tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

TodoFichajes portali sahifalarida xabar qilinishicha, "qizil iblislar" frantsiyalik vinger Usmon Dembelening transferiga tayyorlamoqda. Manbaga ko‘ra, mankunianliklar Usmonni joriy qishki transferlar oynasidayoq xarid qilishni rejalashtirgan va bu bo‘yicha Parij klubi bilan muzokaralarni boshlagan. 27 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi APL grandiga 60 million evroga tushishi mumkin.

Avvalroq matbuotda Usmon Dembele PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike bilan mojaro tufayli Chempionlar ligasi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o‘yinda qaydnomaga kiritilmagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!