MYu "Bavariya" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 16 iyul, 2023, 20:18
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Leon Goretskani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

"Sky Sports Deutschland" xabariga ko‘ra, "Bavariya" Goretskaga 40 dan 50 million evrogacha bo‘lgan taklif tushsa, uni qo‘yib yuborishga tayyor. "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel 28 yoshli yarim himoyachini o‘z rejalariga kiritmagan. 

"Manchester Yunayted" Goretskaning holatini kuzatib bormoqda. Shuningdek, unga yana bir qancha top-klublar qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Leonning o‘zi Myunxenda qolishni istaydi. 

Bundesliganing 2022/23 yilgi mavsumida Goretska "Bavariya" safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!