MYu bu futbolchini "Chelsi"dan tortib olmoqchi

  • 25.01.2023 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" "Lion" himoyachisi Malo Gyustoga qiziqish bildira boshladi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabris Xokins.

Bundan avvalroq Gyusto faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq, Xokinsning so‘zlariga ko‘ra, yosh futbolchi allaqachon London klubiga o‘tishga rozi bo‘lganiga qaramay, mankunianliklar undan bu boradagi qarorini qayta o‘ylab ko‘rishni iltimos qilishgan va uning uchun kurashda "aristokratlar"ni ortda qoldirishga harakat qilishlarini aytishgan.

Gyustoning "Lion" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Frantsiya yoshlar terma jamoasi a’zosini 15 million evroga baholamoqda.

Himoyachi joriy mavsum “Lion” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!