
MYu frantsiyalik yosh hujumchini nishonga oldi
"Manchester Yunayted" "Ayntraxt"ning 22 yoshli hujumchisi Ugo Ekitikega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Frankfurt klubi kelgusi yozda frantsiyalik futbolchini 80 million evrolik taklif olingan taqdirda qo‘yib yuborishga tayyor. Shuningdek, "qizil iblislar" hujumchi Benyamin Sheshkoning ehtimoliy transferi bo‘yicha "RB Leyptsig"ga ham murojaat qilgan. "Buqalar" 21 yoshli futbolchini 70 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Ekitike barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 40 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar