MYu Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" "Shtutgart" yarim himoyachisi Anjelo Shtillerni jiddiy kuzatib bormoqda.
"Sky Sport News" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, "qizil iblislar" germaniyalik futbolchini yozda jamoaga olib kelish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shtiller o‘z klubidagi sharoitlardan mamnun, biroq yozda yangi qadam tashlashga ham tayyor. "Shtutgart" futbolchini 50 million evroga baholayapti. Ushbu yozda yarim himoyachining xizmatlariga Madridning "Real" klubi ham qiziqish bildirgan edi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi joriy mavsumda umumiy 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar