MYu ham Eriksen uchun kurashga qo‘shildi

  • 26 aprel, 2019, 19:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksen uchun kurashga qo‘shildi.

Evening Standard nashrining xabar berishicha “qizil iblislar” 27 yoshli daniyalik futbolchini mavsumlar oralig‘ida sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi va buning uchun “shporlar”ga 70 mln evro taklif qilishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Eriksen uchun shuningdek “Real” Madrid klubi ham jiddiy kurash olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Kristian Eriksenning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan va u ushbu kelishuvni uzaytirishdan bosh tortmoqda. U joriy mavsum 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 9ta gol hamda 17ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!