MYu kuchaytiradigan futbolchi bor

  • 19 avgust, 2020, 17:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiy Stiv Maklaren “Borussiya” pleymeykeri Jeydon Sancho transferidan voz kechish kerakligini aytmoqda.

- Marsyal – fantastik o‘yinchi. Lekin u o‘ta muhim uchrashuvlarda o‘zining to‘purarlik mahoratini ko‘rsatolmaydi. Bu pozitsiyaga yuqori klassli futbolchi kerak. Lukaku MYu o‘yin sxemasiga to‘g‘ri kelar edi, deyolmayman. Sulsherga tezkor hujumchi kerak.

Agar klub rahbariyati Erling Xolandday hujumchini olib bermasa, murabbiy hech narsa qila olmaydi. Erling “Manchester Yunayted” o‘yin uslubiga ideal tarzda mos tushadi. Klub to‘g‘ri tanlangan futbolchilarga pul sarflashi kerak.

Jeydon Sanchoning ham o‘yinini ko‘rdim. U ham yaxshi futbolchi, lekin ko‘proq Marsyalga o‘xshab o‘ynaydi. U MYuga kerak emas. Ideal variant bu Xoland, - dedi Maklaren.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!