MYu "og‘zidagi oshni" oldirib qo‘yishi mumkin
"Fulxem" "Manchester Yunayted"dan Sofyan Amrabatni ilib ketishi mumkin.
Ingliz klubi "Fiorentina"ning tayanch yarim himoyachisi transferi ustida ishlamoqda. Janluka Di Martsioning so‘zlariga ko‘ra, London klubi taxminan 30 million evro taklif qilgan.
Fabritsio Romanoning yozishicha, yaqin soatlarda "Manchester Yunayted" Amrabatning kelishuvi bo‘yicha "Fiorentina" bilan muzokaralarning yangi bosqichiga kirishadi. Ma’lum bo‘lishicha, italiyaliklar futbolchini ijaraga berishdan bosh tortib, uni sotishni afzal ko‘rgan.

Fikrlar