MYu o‘z maydonida durang o‘ynab, Evropa Ligasining navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi

Evropa Ligasi pley-off bosqichida "Manchester Yunayted" "Real Sosedad" bilan kuch sinashdi va jamoalar golsiz durangga (0-0) imzo chekishdi.

O‘yin davomida jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etishdi. 13-daqiqada Mikel Oyarsabal penaltini aniq amalga oshira olmadi. 24-daqiqada Brunu Fernandesh golkipersiz qolgan darvozaga kuchli zarba berdi, biroq to‘p darvoza to‘siniga tegdi. Qolgan daqiqalar mobaynida jamoalar navbati bilan hujum tashkil qilishdi, biroq ikki jamoa hujumchilari darvozani ishg‘ol qila olishmadi.

Birinchi o‘yinda 4:0 hisobida g‘alaba qozongan mankunianlar ushbu durangdan so‘ng, turnirning navbatdagi bosqichiga yo‘l oldi.

O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!