MYu o‘z uyida durang o‘ynadi. Taunsenddan Ronalduga "salom!"
Angliya Premer-ligasi 7-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Everton" uchrashuvi yakuniga etdi.
Dastlab, Antoni Marsyal hisobni ochgan bo‘lsa, Andros Taunsend muvozanatni tikladi. E’tiborlisi, angliyalik futbolchi golini Ronaldu uslubida nishonladi. Bu paytda Krishtianu endigina zaxiradan o‘yinga qo‘shilgandi.
Shu tariqa, ochkolari sonini 14 taga etkazib olgan jamoalar onlayn jadvalda mos ravishda 2 va 3-o‘rinlarga joylashdi.

Fikrlar