
MYu Perishichni qo‘lga kiritish yo‘lida Marsyalni "qurbon" qilishi mumkin
Milanning “Inter” klubi yarim himoyachi Ivan Perishichni “Manchester Yunayted”ga qo‘yib yuborishga tayyor. Ammo, “neradzurrilar” buning evaziga “qizil iblislar”dan frantsiyalik forvard Antoni Marsyalni berishni so‘rashmoqda. Bu haqda Mediaset Premium nashri xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, mankuanliklar bundan avvalroq Serbiya terma jamoasi a’zosi uchun “Inter”ga 45 mln evro taklif qilgan edi. Biroq, milanliklar futbolchisi uchun kamida 50-55 mln evro talab qilmoqda. Bundan tashqari, jamoaning yangi ustozi Luchano Spalletti ham yangi mavsumda Perishichning xizmatlariga ehtij semoqda.
Aytish kerakki, agar MYu perishichni qo‘lga kiritish uchun frantsiyalik futbolchini “Inter”ga sotishga rozi bo‘lsa, u holda Marsyalning ustiga yana kamida 20 mln evro qo‘shimcha mablag‘ to‘lashi kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Marsyal o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida jami 25ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar