
MYu sardori mavsum yakunlangach jamoadan ketmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi sardori Eshli Yang katta ehtimol bilan mavsum yakunlangach jamoadan ketadi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 34 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yil yoziga qadar imzolangan. Mankuanliklar esa u bilan kelishuvni uzaytirishmoqchi emas va shu sababli ham u yozda erkin agentga aylanishi kutilmoqda.
Yuqoridagidan kelib chiqib aytganda, Yang 1 yanvardan boshlab boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, Yang MYu safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 258 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 43 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar