MYu va “Chelsi” bir futbolchini talashmoqda

  • 13 avgust, 2020, 19:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishga harakat qilayotgan grand jamoalar “Lester”da ishonchli o‘yinlari bilan o‘zini ko‘rsata olgan Ben Chiluell uchun kurashni kuchaytirib yubordi.

Tecno

Xusasan, Sulsher va Lempard anchadan buyon futbolchini o‘z jamoasiga og‘dirishga harakat qilmoqda.

Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan chiqargan “Lester” himoyachini 80 million funtga sotib yuborishga tayyorligini bildirdi. “Chelsi”ga bu narx biroz qimmatlik qilmoqda. Chunki londonliklar bungacha Hakim Ziyosh va Timo Verner kabi qimmatbaho futbolchilarni xarid qilgan edi.

Sulsherning natijalaridan qoniqayotgan “Manchester Yunayted” rahbarlari “Lester” taklifini qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!