MYu yarim himoyachisiga "Bavariya" va APL klublari qiziqish bildirmoqda

  • 26 avgust, 12:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, shartnomasi 2 yildan so‘ng tugaydigan 20 yoshli futbolchiga Angliya Premer-ligasining 2 ta klubi va Germaniyaning "Bavariya" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Garchi jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim avvalroq buning aksini ta’kidlagan bo‘lsa-da, futbolchi uning rejalariga kirmayapti.

2023 yilda MYu asosiy tarkibida debyut qilgan xavbekning transfer narxi 50 million evroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda u 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kobbi Maynu Angliya milliy terma jamoasi safida 10 ta o‘yin o‘tkazgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!