MYuda Fergyusonning an’analarini davom ettirishmoqda

  • 20 may, 16:51
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchilari Evropa Ligasi finaliga Pol Smitning 1000 funt sterling turuvchi kostyumlarini kiyib tayyorgarlik ko‘rishdi. Klubda ser Aleks Fergyusonning shonli davrlariga borib taqaladigan final oldidan bashang kiyinish an’anasi mavjud.



"Qizil iblislar" Bilbaoda "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda kubokni qo‘lga kiritib, mavsumni yuqori kayfiyatda yakunlashga umid qilmoqda. O‘yin oldidan futbolchilar o‘zlarini kerakli ruhiy holatga keltirishga harakat qilib, zamonaviy kostyumlarni kiyib ko‘rishdi. Ingliz dizayneri Pol Smit bilan hamkorlik 2008 yilda boshlangan va hozirgacha davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!