Nagelsmann ishonqan oʻyinchisining ogʻir jarohatiga izoh berdi

  • 22.06.2026 23:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman jarohat olgani sababli 2026 yildgi jahon chempionati oxirigacha maydonga tusha olmaydigan himoyachi Niko Shlotterbekning musobaqani muddatidan oldin tark etishiga munosabat bildirdi.

- Bizga Shlotti maydonda juda yetishmaydi, u ajoyib himoyachi, ayniqsa uning oʻyini haqiqatan ham yuqori darajada edi. Barchamiz uni ruhan qoʻllab-quvvatlashga harakat qildik. 

Yaxshi tomoni shundaki, u juda ijobiy yigit, oldinga qarab yashashga urinayotganini koʻryapmiz. Usiz ham himoya chizigʻimiz kuchliligicha qoladi, chunki bizning tarkibda Jonatan Ta, Antonio Ryudiger, Valdemar Anton va Malik Tshau bor, — deya Nagelsmanning soʻzlarini Germaniya futbol ittifoqining rasmiy sayti keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, Shlotterbek Kot-d′Ivuarga qarshi oʻyinda (2:1) toʻp surish chogʻida toʻpiq bogʻlamlarini jiddiy jarohatlab olgani uchun jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida Germaniya terma jamoasi 25 iyun kuni Ekvadorga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!