
Nagelsmann Ronaldu haqida qiziq gap aytdi
Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning “Tottenxem”ga (2:0) qarshi uchrashuvdagi shov-shuvli harakati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men bu haqda gapirishni istamas edim, chunki aslida nima bo‘lganini bilmayman. Balki Ronaldu sovuqqotgan bo‘lishi va tezda issiq vanna qabul qilish uchun shunday qarorga kelgandir?! Sababi nima ekanligini bilmayman, shuning uchun hech narsa demayman”, - deydi Yulian.
Krishtianu butun o‘yinni zaxirada o‘tkazdi. U final hushtagini kutmay, o‘zboshimchalik bilan echinish xonasiga yo‘l oldi. Futbolchi bu qilmishi uchun jarimaga tortildi va asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlardan chetlashtirildi.
Fikrlar