
Nahotki! “Manchester Yunayted” Neymarni sotib olmoqchi
PSJ hujumchisi Neymar "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin. Ingliz klubi braziliyalik forvardni Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda, deb xabar berdi “The Mirror” nashri.
Avvalroq Neymar PSJda haftasiga taxminan 700 ming evro maosh olishi va uning transfer narxi 90 million evroga baholangani xabar qilingandi.
Parij klubida murabbiy almashtirilgach, Neymar “qizil-ko‘klar”ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Biroq keyinroq parijliklar bosh murabbiyi Kristof Galte braziliyalik futbolchiga taktik sxemadan yangi joy qidirayotganini aytdi.
Boshqa tomondan, "Yunayted" mavsumni Ronaldusiz boshlash ehtimoli juda yuqori, shuning uchun klub unga alternativ qidirmoqda. Braziliyalik esa bu joy uchun ajoyib nomzodligi aytilmoqda.
Neymar o‘tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 22 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar