Nahotki! MYu Ronaldu o‘rniga boshqa futbolchi topib qo‘ygan

  • 3 iyul, 2022, 13:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" jamoasi futbolchi Krishtianu Ronalduning jamoadan ketishiga qarshi emas. "Qizil iblislar" hatto portugal o‘rniga boshqa variant topib qo‘ygan. 

Tecno

"The Mirror" nashrining xabar berishicha, bosh murabbiy Erik ten Xag sobiq jamoasi "Ayaks"dan Antonini sotib olishni so‘ragan. Uning fikricha, braziliyalik vinger Ronalduning o‘rnini bosa oladi.

Krishtianu Manchester klubi rahbariyatidan boshqa jamoaga o‘tmoqchi ekanini ma’lum qilgan. U yana Evropa chempionlar ligasida ishtirok etishni istamoqda. 

Statistikaga ko‘ra, 37 yoshli forvard o‘tgan mavsum APLning 30 o‘yinida 18 gol va 3 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!