"Napoli" ertaga makedoniyalik futbolchining transferini e’lon qiladi

  • 13 iyul, 2019, 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi yarim himoyachisi Elif Elmaz katta ehtimol bilan faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli Makedoniya terma jamoasi a’zosi “Napoli” shartnoma imzolaydi. Uning transferi esa neapolliklarga taxminan 15-16 mln evroga tushishi aytilmoqda. Ushbu transfer haqda ertaga rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Elifga “Atletiko”, “Inter” va “Zenit” kabi jamoalardan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!