"Napoli" Gattuzo o‘rniga 3 ta murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda
"Napoli" klubi mavsum yakunlangach bosh murabbiy Jennaro Gattuzo bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, neapolliklar rahbariyati Gattuzo qo‘l ostidagi jamoaning qayd etayotgan qoniqarsiz natijalaridan norozi bo‘lmoqda. Ushbu natijalar avvalgi bosh murabbiyi Karlo Anchelottinikidan ham yomonroq bo‘lmoqda.
“Napoli” Gattuzo o‘rniga "Verona" ustozi Ivan Yurich, "Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini va hozirda ishsiz yurgan Luchano Spallettilar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gattuzoning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Jamoa ayni damda A Seriyada 30 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar