
"Napoli" hujumchisi yaqin soatlarda "Atletiko" futbolchisiga aylanadi
Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, "Napoli" va "Atletiko" Jakomo Raspadorining transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Ispaniya klubi 22 million evro to‘laydi, shuningdek, shartnoma 4 million evrolik bonuslarni ham o‘z ichiga oladi.
Avvalroq neapolliklar 25 yoshli hujumchi uchun 30+5 million evro talab qilgani aytilgandi. Bugun ertalab Raspadori shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi va o‘zi ham Madridga o‘tishni xohladi. "Napoli" esa uni sotishga tayyor edi.
O‘tgan mavsum u A Seriyada 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta assist qayd etgan
Fikrlar