"Napoli" Kostani arzonroqqa qo‘lga kiritishi mumkin

  • 03.06.2019 21:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Diego Kosta faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin.

CalcioNapoli24 nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar Kosta evaziga o‘zlarining gvineyalik futbolchisi Amandu Divarni berishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, 21 yoshli futbolchining transfer narxi 25 mln evroni tashkil etadi. Shu tariqa “Napoli” narxi 40 mln evroga baholanayotgan Kostani arzonroqqa qo‘lga kiritmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, Divaraga shaxsan "Atletiko" ustozi Diego Simeone jiddiy qiziqmoqda.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Kosta o‘tgan mavsum La Ligada jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!