"Napoli" navbatdagi transferni e’lon qildi

  • 24 iyul, 2019, 19:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Napoli" klubi "Fenerbaxche" yarim ximoyachisi Elif Elmazni sotib oldi.

19 yoshli futbolchi transferi uchun Neapol jamoasi 16 mln evro va qo‘shimcha bonuslar to‘laydigan bo‘ldi.

O‘tgan mavsum makedoniyalik futbolchi "Fenerbaxche" libosida ishtirok etgan barcha turnirlarda 38 ta uchrashuv o‘tkazdi va 4 ta gol urdi. Makedoniya termasi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurib, Evro-2020 saralash bahsida Latviya darvozasiga 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!