"Napoli" prezidenti: Bizga Ikardi kerak emas

  • 12.07.2019 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" klubi prezidenti Aurelio de Laurentis yarim himoyachi Xames Rodriges va hujumchi Mauro Ikardilarning transferi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

“Xamesning transferi borasida bo‘layotgan muammo shuki, biz “Real” bilan kelishishimiz kerak. Biz Madrid klubining kurakda turmaydigan talablarini bajarishni xohlamaymiz. Shu bois hammasini vaqt ko‘rsatadi.

Ikardining xotini bilan uchrashuv? Bu bo‘xton. Men u bilan 3 yil oldin ko‘rishganman va yana ko‘rishishni xohlamayman. Chunki, “Napoli”ga Ikardi kerak emas”, - deydi prezident.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!