
"Napoli" Xames transferini qachon e’lon qiladi?
Qayd etish joiz, xuddi shu kuni "Yuventus" Mauritsio Sarrini bosh murabbiy sifatida ommaga rasman tanishtiradi. Shu tariqa klub rahbari muxlislar sobiq murabbiyning ashaddiy raqib klub boshqaruviga kelganligi bois yuzaga kelgan asabiy vaziyatni biroz yumshatmoqchi.
Buning uchun neapolliklar "Real" bilan kelishishlariga to‘g‘ri keladi. "Napoli" kolumbiyalik futbolchini sotib olish sharti bilan 10 mln evro evaziga ijaraga olishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi so‘nggi ikki mavsumna ijara asosida "Bavariya" safida o‘tkazdi. Nemislar uning ijarasi uchun 13 mln evro to‘lashdi, ammo 42 mln evrolik transfer huquqini sotib olmaslikka qaror qilishdi.
Ma’lumot uchun, Rodriges yakuniga etgan mavsumda Germaniya Bundesligasida 20 bahsda ishtirok etdi va 7 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar