"Napoli" yulduzi qaysi jamoalarda o‘ynashni xohlaydi?

  • 14 noyabr, 2023, 15:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyaning agenti Nukri Revishvili mijozi kelajakda Ispaniyaning top-klublaridan birida o‘ynash istagi borligini aytdi.

Tecno

“Xvichaga “Napoli”dan tashqari qaysi klublar yaqinroq edi? "Yuventus" va "Roma". Angliya va Ispaniyaning ko‘plab jamoalari ham qiziqish bildirishdi. Ammo hech biridan "Napoli"chalik qiziqish bo‘lmadi. Lekin u erda ham Xvichani uzoq vaqt kuzatishdi – u qanday o‘ynayapti, gol urganmi yoki yo‘qmi, maydon tashqarisida o‘zini qanday tutishi, qanday hayot kechirishi. Italiyada hamma narsa Xvicha uchun darhol amalga oshishiga ishondimmi? Albatta. Katta iste’dod egalari odatda dangasa bo‘lishadi. Ammo Xvicha aqlbovarqilmas darajada mehnatsevar. U allaqachon "Napoli"ni zabt etdi va u “Real Madrid” va “Barselona” singari yanada kuchliroq jamoalarda o‘ynashni xohlaydi. Unda doimo o‘sish uchun motivatsiya bor”, - dedi gruziyalik futbolchining agenti.

22 yoshli Xvicha Kvaratsxeliya joriy mavsum “Napoli” safida Italiya chempionatida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!