“Napoli”dan “egan” Klopp “Liverpul”dan ketyaptimi?

  • 8 sentabr, 2022, 11:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasining birinchi turida “Liverpul” safar uchrashuvida “Napoli”dan 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin Yurgen Klopp iste’foga chiqarilishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

Germaniyalik murabbiy bu shov-shuvlarga munosabat bildirdi.

- Bu masala meni tashvishlantirmaydi. Klub xo‘jayinlari ancha bosiq va mulohazali insonlar. Bu vaziyatga boshqasi emas, faqat men echim topishim kkerakligini bilishadi, - dedi Yurgen Klopp.

Yurgen Klopp liverpulliklarni 2015 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!