Narxi eng ko‘p ko‘tarilgan futbolchi kim?

  • 10 oktabr, 2023, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan eng nufuzli nashr Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasida narxi keskin ko‘tarilgan futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, eng qimmatlagan o‘yinchi “Brayton”ning 18 yoshli hujumchisi Evan Fergyuson bo‘ldi. Iste’dodli forvardning transfer summasiga 35 million evro qo‘shilib, ayni paytda bu summa 65 million evroni tashkil qilyapti.

Ikkinchi o‘rinda “Manchester Siti”da porlay boshlagan Jeremi Douku qayd etilgan. Avval 28 million evroga baholangan futbolchining transfer summasi 60 million evroga etdi.

Bir necha charm to‘p ustasining narxiga 20 million evrodan qo‘shildi. Unga ko‘ra, bundan buyon Xulian Alvares 80 million, Dominik Soboslai 70 million, Lukas Paketa  va Rasmus Xyoylunn 65 million, Pap Sarr 35 million evro turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!