"Nasaf" - AGMK uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

  • 15 avgust, 2022, 13:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugundan boshlab "Nasaf" — AGMK bellashuviga kirish chiptalarini xarid qilishingiz mumkin. O‘zingizga ma’lum, "Nasaf" futbol maktabi maydonlarida oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu sababli chiptalarni "Markaziy" o‘yingoh yonida "Nasaf" futbol klubiga tegishli avtobuslarda hamda Qarshi shahrida joylashgan "Original" supermarketidan xarid qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv 17- avgust kuni soat 20:00 da boshlanadi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, "Nasaf" futbol maktabida oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tayotganligi sababli futbol uchrashuviga kirish soat 19:00 dan boshlanadi.

Chiptalar narxi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

VIP xonalar - 80 000 so‘m.

CIP sektor - 40 000 so‘m.

1-2-6-7-8 sektorlar - 20 000 so‘m.

9-10-11 sektorlar - 15 000 so‘m.


Manba: "Nasaf" PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!