
"Nasaf" ertaga "Al-Sadd" bilan orani ochiq qilib olishi mumkin
“Nasaf” ertaga OChL guruh bosqichida o‘z yurishini boshlaydi. “Ajdarlar” 1-turda Qatarning “Al-Sadd” jamoasi bilan kuch sinashadi.
“Nasaf” 2018-yil OChL guruh bosqichida bu jamoa bilan o‘ynagan. Qarshida bo‘lib o‘tgan birinchi bellashuvda Azizjon G‘anievning penaltidan kiritgan yagona goli evaziga uch ochko qo‘lga kiritilgan. Dohada bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida qarshiliklar yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchragan.
“E” guruhi 1-tur “Al-Sadd” — “Nasaf” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan ertaga soat 22:15 da boshlanadi.
Bugun soat 16:00 da jamoalar vakillari ishtirokida miting, soat 17:30 da Ro‘ziqul Berdiev hamda yarim himoyachi Sharof Muhitdinov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
"Nasaf" futbol klubi matbuot xizmati
Fikrlar