"Nasaf" futbolchilariga xorijning qaysi jamoalaridan qiziqishlar bor? Klub matbuot xizmatidan javob

  • 7 iyul, 2022, 17:15
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” matbuot xizmati xodimi Sardor Nurov jamoa futbolchilari Sherzod Nasrullaev va Husain Norchaevga Rossiya Premer-ligasi (RPL) klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi. Bu haqda metaratings.ru nashri xabar berdi.

Tecno

- Ularga nafaqat "Nijniy Novgorod" tomonidan, balki boshqa klublardan ham qiziqish bor. Qolaversa, Rossiyadan tashqari boshqa davlatlarning klublaridan chorlovlar mavjud. Hozircha xech qanday muzokaralar olib bormayabmiz, ularga rasmiy takliflar kelib tushmagan. Shuningdek, “Nasaf”ning yana bir futbolchisi Oybek Bozorovga qiziqish bor, — dedi Sardor Nurov.

Avvalroq Rossiyaning yana bir nashri "Nishniy Novgorod" himoyachi Sherzod Nasrullaevni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligini xabar bergan edi. Manbada yozilishicha, Rossiya klubi avvaliga himoyachi Ibroximxalil Yo‘ldoshevni sotib, shundan keyingina uning o‘rniga Nasrullaevni olmoqchi. Qolaversa, bu jamoa Husain Norchaevga befarq emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/07/2022 17:56
Akmal Mazgavoyga ham. haridor chiqqanki uni ham aytingla. Turkiya kamandalaridan chiqqan qishdan beri suraydi. Akmal Hozirgi kunga. uzini pazitsasiga N1. bola lekin