"Nasaf" futbolchisi 3 oydan so‘ng yana maydonga qaytdi

  • 7 fevral, 2022, 22:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Nasaf” klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov o‘tgan yilning oxirlarida jarohat sababli safdan chiqqandi. Nihoyat, u yana maydonga qaytdi. Futbolchi jamoasi bilan Turkiyadagi yig‘inda ishtirok etmoqda va bugungi o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashdi. Bu xususida “Nasaf” matbuot xizmati ma’lum qildi.

alikulov1_2

“Esingizda bo‘lsa, Husniddin Aliqulov OFK Kubogi doirasida Gonkongning “Li Man” jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda jarohat olib, maydonni tark etgandi. Shundan so‘ng, uning olgan jarohati jiddiy ekanligi va jarrohlik amaliyotini o‘tashi kerakligi aniqlangandi. Oradan uch oy vaqt o‘tib, Aliqulov bugun “Universitatya Kluj” jamoasiga qarshi bellashuvda zaxiradan maydonga tushdi”, - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!