
"Nasaf" futbolchisi: Bu haqida gapirish noo‘rin deb bilaman
Xabaringiz bor, “Nasaf” ertaga BAAning “Baniyas” klubiga qarshi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga o‘tish o‘yinida maydonga tushadi. Bugun Abu Dabidagi “Baniyas” o‘yingohida ushbu bahs oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “ajdarlar” yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ham ishtirok etdi.
- Ertangi bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. “Baniyas” jamoasini yaxshi o‘rgandik. Ular safida yaxshi futbolchilar harakat qilishadi. Biz ertangi bellashuvda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Faqat g‘alaba uchun”
- “Baniyas” jamoasining qaysi chiziqlari kuchsiz deb hisoblaysiz?
- Bu haqida gapirish noo‘rin deb bilaman. Biz bu jamoaning kuchli va kuchsiz taraflarini o‘rganib chiqdik. Lekin bu haqida bu erda muhokama qilmoqchi emasman. Biz bu jamoa ishtirokidagi bir nechta o‘yinni ko‘rdik va bu haqida o‘z xulosamizga egamiz.
Fikrlar