"Nasaf" kichik ta’tilga chiqdi

  • 3 oktabr, 2021, 12:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” jamoasi a’zolari FIFA kunlari munosabati bilan kichik ta’tilga chiqishdi. “Ajdarlar” 7 oktyabr kuni o‘z qarorgohida yig‘ilishadi va mashg‘ulotlarni davom ettirishadi.

Tecno

Shuningdek, milliy terma jamoadan chaqiruv olgan Oybek Bozorov, Dilshod Saitov, Akmal Mozgovoy, Xusniddin Aliqulov, Xusayn Norchaev hamda klub massajchisi Andrey Bezborodov MTJ yig‘inida ishtirok etish uchun Toshkentga jo‘nab ketishdi.

Yaqindagina jarohatidan forig‘ bo‘lgan Dubayning “Shabab Al-Ahli” jamoasi futbolchisi Aziz G‘aniev ham Srechko Katanets e’tiboriga tushdi va terma jamoadan chaqiruv oldi. Hozirgi kunda “Paxtakor” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Odil Hamrobekov ham MTJ yig‘inida ishtirok etadi. Milliy terma jamoamizga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida omad tilab qolamiz, - deyiladi “Nasaf” klubi matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!