
"Nasaf" klubi "Spartak"ni Qarshiga taklif qildi
Ma’lumki, kecha "Nasaf" Moskvada "Spartak" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bellashuv oldidan "Nasaf" rahbariyati Moskva jamoasi rahbariyati bilan ko‘rishdi.
Do‘stona va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuv davomida "Nasaf" rahbariyati "Spartak" rahbariyatiga o‘rtoqlik uchrashuvi taklifi uchun minnatdorchilik bildirib, ularni ham Qarshiga taklif qilishdi.
Shuningdek, kelajakda jamoalar o‘zaro futbolchi almashish, har ikki jamoa murabbiylarining malakasini yanada oshirish uchun ularni yuqori salohiyatga ega jamoalar bazasiga yuborishni kelishib olishdi.
Umid qilamizki, yaqin yillarda futbolchilarimiz "Spartak" jamoasida o‘zlarini ko‘rsatib, shu klub orqali Evropaning nufuzli chempionatlarida ham ishtirok etishadi, - deya xabar bermoqda "Nasaf" matbuot xizmati.
Fikrlar