
"Nasaf" mashg‘ulotlarga qaytdi, Sherzod Nasrullaev ham...
Xabaringiz bor, “Nasaf” 5 iyun kuni Samarqandning «Dinamo» jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushgan edi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, o‘sha o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng futbolchilar ikki kunlik ta’tilga chiqishgan. Jamoa a’zolari bugun yana Qarshidagi qarorgohida yig‘ilib, mashg‘ulotlarga kirishishdi.
Superliganing 4-turida Toshkentning «Lokomotiv» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan bellashuvda jarohat olgan Sherzod Nasrullaev ham mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Fikrlar