"Nasaf" mashg‘ulotlarni boshladi

  • 3 yanvar, 2022, 23:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ajdarlar” bugundan boshlab Qarshidagi qarorgohida yig‘ilishdi va mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi.

Tecno

O‘zingizga ma’lum, O‘zbekiston milliy terma jamoasining Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun jamoamizning to‘qqiz nafar futbolchisi jalb etilgan. Bular – Umidjon Ergashev, Umar Eshmurodov, Dilshod Saitov, Sherzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Abubakr-Rizo Turdialiev, Oybek Bozorov va Xusayn Norchaev.

OFK Kubogi doirasida Gonkongning “Li Man” jamoasiga qarshi bellashuvda jarohat olgan Xusniddin Aliqulov ham milliy terma jamoamiz safida tiklanish mashg‘ulotlarini olib boradi. Futbolchilarimiz bugun milliy terma jamoa lageriga borib qo‘shilgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tishgan.

“Nasaf” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!