
"Nasaf" mehmonda durang o‘ynadi. Asimov "ajdarlar"ning golini inobatga olmadi
O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan "Andijon" hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Hisob 26-daqiqada mezbonlar vakili Vasiliy Sovpel tomonidan ochildi. Bunga qarshiliklar 57-daqiqada Andriya Kaluderovichning penaltidan kiritgan goli evaziga javob qaytardi. Ikkinchi taymda "ajdarlar"ning goli inobatga olinmadi va Berdiev shogirdlari o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi. Ammo bahs nihoyasiga etkazib qo‘yildi. Asosiy vaqt yakuniga bir daqiqa qolganda, andijonliklar futbolchisi Farhod Sobirjonov 11 metrlik nuqtadan darvozani ishg‘ol eta olmadi.
Shu tariqa, "Nasaf" ochkolari sonini 40 taga etkazib oldi. "Andijon" hisobida 19 ochko bor.
Fikrlar