"Nasaf" muxlislari uchun quvochli xabar!

  • 02.02.2022 15:05
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun “Nasaf” futbol klubida jamoa prezidenti, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi direktori Shuxrat Aslanov boshchiligida tahliliy va tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jamoaning hozirgacha erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Majlis davomida klub rahbariyatida ham o‘zgarish bo‘ldi. Shu kunga qadar klub direktori sifatida faoliyat olib borgan Sergey Kucherenko o‘rniga Yusupov Alisher Ismailovich tayinlandi.

photo_2022-02-02_12-18-36

Alisher Yusupov hozirga qadar Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi tijorat departamentida mehnat faoliyatini olib borgan. Rus va ingliz tillarini mukammal biladi.

Sergey Kucherenko — “Nasaf” futbol klubi bosh direktori birinchi o‘rinbosari, sport direktori vazifasida faoliyatini davom ettirib, futbol maktabi, turli yoshlardagi ayollar va erkaklar futbol jamoalarini muvofiqlashtirish, sport masalalariga javob beradi.

Sergey Kucherenkoning sport direktori vazifasiga o‘tganligi sababli shu kungacha ushbu lavozimda faoliyat olib borgan Botir Qoraev klubning texnik direktor lavozimiga tayinlandi.

photo_2022-02-02_13-22-47

Klubning litsenziyalash menejeri sifatida Shodmonov Qobiljon Qahramonovich faoliyat olib boradi. Qobiljon Shodmonov Germaniyada tahsil olgan va xalqaro tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” nafaqat yurtimizda balki xalqaro maydonda ham o‘z o‘rniga ega jamoa. Shu o‘rinda klub prezidenti Alisher Yusupovga “Nasaf” futbol klubini xalqaro nufuzini oshirish, tijoriy faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, muxlislar bilan yanada yaxshi ishlash kabi vazifalarni belgilab berdi.

Yusupov Alisher Ismailovich haqida qisqacha maʼlumot:

Tug‘ilgan joyi: O‘zbekiston
Millati: o‘zbek
Tug‘ilgan yili: 06.03.1985
Ma’lumoti: Oliy

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсунов Рамазон
02/02/2022 20:34
Алмашгани зур булди.Куп нарсага карамайкуйганди.Узи мухлислар хамКучиринкони кетишини анчадан бери кутиб туришганди.Насаф знди ривожланади. Энди зур хужимчи олиб келишсайди.Ундан хам зур булайди