"Nasaf" nazorat o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi

  • 05.06.2022 22:45
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Terma jamoalar yig‘ini tufayli Superligada tanaffus yuzaga kelgan.

“Nasaf” jamoasining to‘qqiz nafar a’zosi terma jamoalar tarkibiga borib qo‘shilishgan. Shunga qaramay, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari Superliganing navbatdagi bellashuvlariga tayyorgarlikni ko‘rishmoqda. Bugun “nasafchilar” o‘yin amaliyotini yo‘qotmaslik maqsadida Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida Oybek Nurmatov uchrashuvda hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda hisobni o‘zgartirish uchun qarshiliklarda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi lekin bugungi bahsda samarqandliklarning darvozaboni ishonchli harakat qilib, o‘z darvozasining daxlsizligini saqlab qoldi. Bahs so‘ngida Islom Sharipov jarima zarbasini aniq amalga oshirib hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

“Dinamo” qarshi nazorat uchrashuvdan so‘ng jamoa a’zolari kichik ta’tilga chiqishdi. Berdiev shogirdlari 8 iyun kuni Qarshidagi qarorgohlarida yig‘ilib, tayyorgarlik davom ettirishadi.

"Nasaf" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bu men
05/06/2022 23:28
Nega tarkiblar haqida to'liq malumot berilmaydi