
"Nasaf" peshqadam bo‘lib olishi mumkin edi... ( guruhdagi holat)
Osiyo chempionlar ligasi "E" guruhi 4-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Faysali" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ushbu uchrashuvdagi g‘alaba "ajdarlar"ni guruh peshqadami qilardi. Biroq Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari katta ustunlikka ega bo‘la turib, raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi.
Shuningdek, ushbu kvartetdan joy olgan yana bir o‘yinda "Al-Vehdat" - "Al-Sadd"ni 3:1 hisobida taslim etdi. Quyida guruhdagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar