“Nasaf” “Saraevo”ni mag‘lub etdi

  • 11 fevral, 2022, 19:17
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” bugun Turkiyadagi yig‘in doirasida to‘rtinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safargi raqib Bosniya va Gertsegovina davlatining “Saraevo” jamoasi bo‘ldi.

Tecno

Mazkur bellashuvda Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari minimal hisobda g‘alaba qozonishdi. 14-daqiqada Sherzod Nasrullaevning uzatmasidan so‘ng Amer Dupovak o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Nazorat o‘yini

NASAF – SARAEVO 1:0 (1:0)

Gol: Amer Dupovak, 14 avtogol (1:0)

“Nasaf”: Umidjon Ergashev, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Ivan Solovev, Sharof Muhitdinov, Husayn Norchaev, Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov, Marko Stanoevich, Umar Eshmurodov.

Zaxira: Azamat Soyibov, Abduvohid Ne’matov, Shahzod Suyunov, Alibek Davronov, Aziz Xolmurodov, G‘olib G‘aybullaev, Murodbek Rahmatov, Asliddin Tursunpo‘latov, Bahrom Abdurahimov, Suhrob Nurulloev, Sardor Sadullaev, Zafarmurod Abdurahmatov, Shahzod Akramov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
11/02/2022 21:33
Nasaf uyinlarini yutupdan kurdim. shunchaki dahshad.