"Nasaf" uchun tabrikni "kattasi!"

  • 2 aprel, 2022, 23:38
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan bahsda "Nasaf" Toshkentda "Lokomotiv" ustidan 1:0 hisobida ustun keldi. Bu qarshiliklar uchun yangi mavsumdagi debyut g‘alaba hisoblanadi. Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov klubni bu zafar bilan tabrikladi.

Tecno

"Nasaf"ning Superligadagi ilk g‘alabasi muborak! Bugun vohamiz jamoasi Superliganing 4-turida Toshkentda "Lokomotiv" jamoasi mehmoni bo‘lib, 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Jamoani o‘zim va voha ahli nomidan tabriklayman.

OChL guruh bosqichida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga uchib ketadigan "Nasaf"chilarga oq yo‘l va omadlar tilayman.

G‘alabalar bardavom bo‘laversin!

Murotjon Azimov, viloyat hokimi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odil Qobilov
03/04/2022 15:32
Galaba bln qaytadi nasib
Хужакулов Хуршидбек
03/04/2022 10:33
Гап йўқ хоким бува